ÖZBEK MILLIY MAQOM SAN’ATI MARKAZI JIZZAX VILOYAT HUDUDIY BÖLIMINING HISOBOT KONSERT DASTURI BÖLIB ÖTDI
12 Nov, 2026 - 09:10
41
konsert
ÖZBEK MILLIY MAQOM SAN’ATI MARKAZI JIZZAX VILOYAT HUDUDIY BÖLIMINING HISOBOT KONSERT DASTURI BÖLIB ÖTDI
Keça, 11-noyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida Özbek milliy maqom san’ati markazi Jizzax viloyat hududiy bölimining hisobot konsert dasturi bölib ötdi.
Mazkur hisobot konserti davomida hududiy bölim tomonidan amalga oşirilgan işlar, erişilgan ijodiy yutuqlar hamda milliy maqom san’atini keng tarğib etiş, yoş avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va san’atga bölgan qiziqişni yanada oşiriş borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.
Konsert dasturida hududiy bölimning iste’dodli xonanda va sozandalari tomonidan özbek milliy maqom san’ati namunalari, mumtoz aşulalar hamda xalqimizning boy musiqiy merosidan örin olgan kuy-qöşiqlar yuksak mahorat bilan ijro etildi.
Milliy maqom san’atini asrab-avaylaş, uni kelajak avlodga bezavol yetkaziş hamda xalqaro miqyosda keng tarğib etiş yölidagi ezgu işlar izçil davom ettiriladi.