Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
30 Sep, 2026 - 10:00
61
Tadbir
Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirini maktab direktori F.Maxmudova kirish so‘zi bilan ochib, barcha o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Tadbirning badiiy qismida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zlarini raqs hamda kuy va qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda, ularning bilim va iste’dodini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari, o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati hamda maktab rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissalari uchun bir qator o‘qituvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati