“Shumtaka g‘ozcha” — bolajonlar uchun quvnoq teatr tomoshasi!
07 Oct, 2026 - 09:00
69
Spektakl...
6-oktabr, 2026-yil
Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi G‘allaorol tumanidagi 1-, 22- va 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurib, jajji tomoshabinlar e’tiboriga rejissyor Timur Raxmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan “Shumtaka g‘ozcha” spektaklini namoyish etdi.
Qiziqarli voqealar, quvnoq qahramonlar va sehrli teatr olamiga boy spektakl bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Tomosha davomida yangragan samimiy kulgular, bolajonlarning hayajoni va quvonchi teatr ijodkorlari uchun eng katta e’tirof bo‘ldi.
Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati