XITOYDA JIZZAX VILOYATI MADANIYAT KUNLARI VA GASTRONOMIK TURIZM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI...

01 Oct, 2026 - 09:28
35
XITOYDA JIZZAX VILOYATI MADANIYAT KUNLARI VA GASTRONOMIK TURIZM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI...

Gastrol

2026-yil 29-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida O‘zbekiston Respublikasining Jizzax viloyati madaniyat kunlari va gastronomik turizm tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbir doirasida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limining iste’dodli xonanda va sozandalari ishtirok etib, o‘zlarining milliy maqom namunalari, an’anaviy kuy-qo‘shiqlar hamda folklor san’ati durdonalarini taqdim etdilar.

San’atkorlarning mahorat bilan ijro etgan musiqiy chiqishlari tadbir ishtirokchilari va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu chiqishlar orqali xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va ko‘p asrlik san’at an’analari keng targ‘ib etildi.

Jizzax viloyati kunlari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, madaniy almashinuvni kengaytirish va xalq diplomatiyasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

 

Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash