Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Turob To‘laning “Nodirabegim” spektakli namoyish etildi.

26 Sep, 2026 - 11:00
40
Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Turob To‘laning “Nodirabegim” spektakli namoyish etildi.

Spektakl...

“NODIRABEGIM” — USTOZLAR E’TIBORIDA

Kecha, 25-sentabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Turob To‘laning “Nodirabegim” spektakli namoyish etildi.

Tarixiy shaxs va shoira Nodirabegimning murakkab hayoti, Vatan va oila taqdiri aks etgan spektaklni Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi xodimlari hamda viloyat tumanlaridan tashrif buyurgan pedagoglar tomosha qildilar.

Mazkur madaniy tadbir 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida ustozlarga taqdim etilgan ma’naviy tuhfa bo‘ldi.

Teatr — qalb tarbiyasi, tarix va hayot sabog‘ini bir sahnada mujassam etuvchi san’at.

 

Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash