O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi jamoasi 23–24-sentabr kunlari Andijon viloyatida ijodiy safarda bo‘lishdi.
25 Sep, 2026 - 10:00
38
Ijodiy_safar
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi jamoasi 23–24-sentabr kunlari Andijon viloyatida ijodiy safarda bo‘lishdi.
Ijodiy safar davomida jamoa Andijon shahridagi “Amfiteatr” sahnasida o‘zining jonli ijrodagi konsert dasturini namoyish etdi.
Konsert dasturidan o‘rin olgan kuy-qo‘shiqlar, milliy ohanglar dilbar taronalar va jozibali raqslar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. San’atkorlarning mahoratli ijrosi va sahnadagi chiqishlari Andijonlik san’at ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olindi.
Bunday ijodiy uchrashuvlar hududlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, san’atkorlar tajribasini boyitish hamda xalqimizga sifatli musiqiy dasturlarni taqdim etishda muhim ahamiyat kasb etadi.