ZOMINDA SAYYОHLAR UCHUN TEATRLASHTIRILGAN KONSERT DASTURI NAMOYISH ETILDI

22 Sep, 2026 - 09:15
49
ZOMINDA SAYYОHLAR UCHUN TEATRLASHTIRILGAN KONSERT DASTURI NAMOYISH ETILDI

Tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori hamda Madaniyat vazirligining 2024-yil 28-maydagi 286-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida yurtimizdagi turizm obyektlarida milliy madaniyat va san’at namunalarini keng targ‘ib etish, xorijiy va mahalliy sayyohlarga xalqimizning boy madaniy merosini namoyish qilishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan 2026-yil 21-sentyabr kuni Zomin tuman madaniyat bo‘limining 20-son madaniyat markazi qoshidagi “Zomin Sayqali” folklor-etnografik xalq jamoasi tomonidan Zomin sanatoriysi hududidagi “Sharshara” turizm obyektida teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Dastur davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor namunalari va xalq ijodiga xos sahna chiqishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Bunday madaniy tadbirlar sayyohlarga milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va san’atimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, Zominning turistik jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
 

Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash