“KUN MAVZUSI” ko‘rsatuvining navbatdagi soni madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag'ishlandi
16 Sep, 2026 - 09:15
93
ko'rsatuv
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi “KUN MAVZUSI” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoni doirasida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda belgilangan vazifalar yuzasidan suhbat tashkil etildi.
Ko‘rsatuvda Sh.Rashidov tumani 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Otamurod Xolmirzayev ishtirok etib, mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, sohada yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, ijodkorlar va madaniyat sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, Farmonda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar hamda xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan g‘oliblarni moddiy rag‘batlantirish, ularga pul mukofotlari berilishi kabi muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Mazkur islohotlar madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ularning mehnatini munosib rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
Suhbat jarayonlarini YouTube sahifasida tomosha qilish👉 https://youtu.be/1bsTWfDDXwQ
Suhbat jarayonlarini Telegram sahifasida tomosha qilish 👉https://t.me/jizzax_madaniyat/45299