Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi.
19 Aug, 2026 - 13:30
71
Sayyor_qabul
Bugun, 19-avgust kuni Zafarobod tumani 14-son madaniyat markazi binosida Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi. Mazkur qabul aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning madaniyat va san’at sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, hududlarda madaniy xizmatlar sifatini oshirish, musiqa va san’at ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat markazlari va boshqa madaniy obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Shuningdek, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, kutubxonalar fondini boyitish, san’at maktablarida ta’lim sifati va sharoitlarini yaxshilashga oid taklif va mulohazalar ham atroflicha muhokama qilindi.
Qabul jarayonida murojaatlarning bir qismi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Latif Tashpulatov tomonidan mas’ul mutaxassislar ishtirokida joyida ko‘rib chiqilib, tegishli huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi hamda ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, tahlil va muvofiqlashtirishni talab etadigan masalalar yuzasidan esa boshqarmaning tegishli bo‘limlari va mutaxassislariga aniq muddatlar belgilangan holda topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul yakunida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, sifatli va natijador ko‘rib chiqishni ta’minlash, joylardagi madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi uchun yaratilayotgan madaniy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.