Jizzaxlik yosh raqqosalar xalqaro tanlovda yuksak natijalarga erishdilar!
18 Aug, 2026 - 09:36
60
Tanov
Joriy yilning 16-avgust kuni Toshkent shahrida nufuzli “Узоры Азии” xalqaro ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli san’at bayramida Jizzax shahar 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xoreografiya yo‘nalishi o‘quvchilari o‘zlarining yuksak mahorati, jozibali chiqishlari va milliy san’atimizga bo‘lgan cheksiz mehrlarini namoyon etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:
-
🥇 Asmira Orifiy — yakkaxon raqs yo‘nalishida muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egalladi!
-
🥇 “Mahliyo” raqs ansambli — jamoaviy bahslarda raqiblariga imkon qoldirmasdan, fahrli 1-o‘rinni qo'lga kiritdi!
O‘quvchilarimizning bu kabi yutuqlari yurtimizda madaniyat va san’atga, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tiborning yana bir yorqin namunasidir.
Yosh iqtidor egalarini, ularning ustozlarini va ota-onalarini ushbu ulkan g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz! Kelgusdagi ijodiy ishlarida yanada baland cho‘qqilarni zabt etishlarini tilab qolamiz!