Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida “Rahbar va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
13 Aug, 2026 - 10:00
47
Uchrashuv
2026-yil 13-avgust kuni Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Igamkulov Muhammadjon Mamasaidovich ishtirokida Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Rahbar va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
🔹 Yosh o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilgan samimiy uchrashuvda yoshlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarni madaniyat va san’atga kengroq jalb etish, sohani raqamlashtirish hamda sun’iy intellektni olib kirish masalalari muhokama qilindi.
🔸 Ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini ilgari surib, rahbar bilan ochiq muloqotda bo‘lishdi. Uchrashuv jarayonida yoshlarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.