Fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

22 Jul, 2026 - 18:50
27
Fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor_qabul

Bugun, 22-iyul kuni Baxmal tumani 6-son madaniyat markazi binosida Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Muxamadjon Igamkulov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur qabul aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning madaniyat va san’at sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, hududlarda madaniy xizmatlar sifatini oshirish, musiqa va san’at ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat markazlari va boshqa madaniy obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Shuningdek, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, kutubxonalar fondini boyitish, san’at maktablarida ta’lim sifati va sharoitlarini yaxshilashga oid taklif va mulohazalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Qabul jarayonida murojaatlarning bir qismi mas’ul mutaxassislar ishtirokida joyida ko‘rib chiqilib, tegishli huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi hamda ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, tahlil va muvofiqlashtirishni talab etadigan masalalar yuzasidan esa boshqarmaning tegishli bo‘limlari va mutaxassislariga aniq muddatlar belgilangan holda topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul yakunida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, sifatli va natijador ko‘rib chiqishni ta’minlash, joylardagi madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi uchun yaratilayotgan madaniy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
 

Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash