Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar Respublika teletanlovi bo‘lib o‘tdi.

17 Jul, 2026 - 15:06
109
Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar Respublika teletanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanov

Joriy yilning 16-17-iyul kunlari Toshkent shahrida Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar Respublika teletanlovi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur teletanlovida 12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar nizom asosida o‘zaro bellashdilar.

Teletanlovda Jizzax viloyatidan ishtirok etgan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchisi G‘ofurova Shahrizoda G‘ulom qizi 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,  Sh.Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi G‘ofurjonov Boburjon Odiljon o‘g‘li hamda Paxtakor tumani 14-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Mavlonov Jaxongir G‘ayrat o‘g‘li “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandilar.

Tanlov g‘oliblari madaniyat vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur teletanlov o‘zbek milliy musiqa san’atining yorqin namoyondalari, buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari, atoqli hofizlar Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqovning ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, uni yosh avlodga yetkazish, o‘zbek milliy maqom ijrochilik san’atini yanada rivojlantirish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi.

 

Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash