O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayram dasturlariga yangi iqtidorlar saralandi

14 Jul, 2026 - 17:50
51
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayram dasturlariga yangi iqtidorlar saralandi

Kasting

2026-yilning 14-iyul kuni viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram konsert dasturlari va madaniy tadbirlarga yangi iqtidorlarni saralab olish maqsadida kasting bо‘lib о‘tdi.

Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur kasting yuqori badiiy saviyaga ega ijodkorlarni aniqlash, yangi iste'dodlarni kashf etish, bayram tadbirlarining mazmun va sifatini oshirish, hududning eng yaxshi san'atkorlari va havaskor jamoalarini saralab olish maqsadida tashkil etildi.

Dastavval 1-iyuldan 10-iyulga qadar kastingda ishtirok etish istagini bildirgan 50 nafarga yaqin nomzodlarning arizalari qabul qilindi.  

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan kastingda 17 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 45 nafar yakka ijrochilar hamda ijodiy jamoalar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarning chiqishlar malakali hakamlar Hay’ati a’zolari tomonidan ijro mahorati, ovoz imkoniyati, sahna madaniyati, badiiy obraz, libos va tashqi ko'rinish, repertuar tanlovi, asarlarning mustaqillik g‘oyasini ifodalashi kabi mezonlar asosida baholab borildi.

Kastingda vokal ijrochilarini saralash, baxshi, estrada, milliy va zamonaviy yo‘nalishdagi ijrochilarni aniqlash, teatrlashtirilgan chiqishlarda ishtirok etuvchi aktyorlarni tanlab olishga alohida e’tibor qaratildi.

Kasting yakunida hakamlar hay'ati qaroriga ko'ra o‘zining yuqori saviyadagi ijro mahorati bilan yuqori ball to‘plagan 15 nafar ishtirokchilar Jizzax viloyatida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayram konsert dasturlarining asosiy sahnalarida ishtirok etishi hamda asarlari bayram arafasida o‘tkaziladigan gala-konsert repertuariga kiritilishi yuzasidan tashkilotchilarga tavsiyalar berildi.
 

Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash