Do‘stlik tumanida "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida gala-konsert o‘tkazildi...
10 Jul, 2026 - 10:43
24
Tadbir
9-iyul kuni Do‘stlik tumanida "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida gala-konsert o‘tkazildi...
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida tuman markazidagi "Yoshlar innovatsion maydoni"da ko‘tarinki ruhda gala-konsert dasturi tashkil etildi.
Mazkur konsertda yurtimizning taniqli va sevimli san’atkorlari — Shuhrat Daryo, Aziz Rajabiy, Iroda Iskandarova, Sardor Shavkatov hamda boshqa ijodkorlar o‘zlarining diltortar kuy-qo‘shiqlari bilan minglab tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdilar.
"Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida tashkil etilayotgan bunday madaniy tadbirlar yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va birdamlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.