Diqqat KASTING! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram konsert dasturlari va madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchi ijodiy jamoalar hamda yakka ijrochilarni kastingga taklif etamiz.
30 Jun, 2026 - 11:00
248
konsert
Diqqat KASTING!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram konsert dasturlari va madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchi ijodiy jamoalar hamda yakka ijrochilarni kastingga taklif etamiz.
1. Kastingning asosiy maqsadi:
yuqori badiiy saviyaga ega ijodkorlarni aniqlash;
yangi iste’dodlarni kashf etish;
bayram tadbirlarining mazmun va sifatini oshirish;
hududning eng yaxshi san’atkorlari va havaskor jamoalarini tanlab olish.
2. Kastingning vazifalari
Kasting quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
vokal ijrochilarini saralash;
baxshi, estrada, milliy va zamonaviy yo‘nalishdagi ijrochilarni aniqlash;
teatrlashtirilgan chiqishlarda ishtirok etuvchi aktyorlarni tanlash;
3. Ishtirokchilar
Kastingda quyidagilar ishtirok etishlari mumkin:
professional san’atkorlar;
havaskor ijodkorlar;
madaniyat markazlari jamoalari;
ta’lim muassasalari ijodiy jamoalari;
estrada va milliy estrada ijrochilari;
yakka ijrochilar.
Kastingda 17 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar ishtirok etishi mumkin.
4. Kasting o‘tkazish tartibi
Kasting quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1-bosqich
Hujjatlarni qabul qilish. 2026 yil 1-iyuldan 10-iyulgacha
Ishtirokchi quyidagilarni taqdim etadi:
pasport nusxasi;
- repertuar ro'yxati;
- fonogramma (minus);
- zarur hollarda videoyozuv.
2-bosqich
Sana:13-14 iyul kunlari
Manzil; Jizax musiqali drama teatrida
Soat 10:00 dan 17:00 gacha
Jonli ijro ta’lab e’tiladi.
Har bir ishtirokchi:
- 1–4 tagacha asar ijro etishi mumkin;
- chiqish vaqti 10-15 daqiqadan oshmasligi tavsiya etiladi.
5. Baholash mezonlari
Ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
|
№ |
Mezoni |
Ball |
|
1 |
Ijro mahorati |
20 |
|
2 |
Ovoz imkoniyati |
20 |
|
3 |
Sahna madaniyati |
15 |
|
4 |
Badiiy obraz |
15 |
|
5 |
Libos va tashqi ko'rinish |
10 |
|
6 |
Repertuar tanlovi |
10 |
|
7 |
Mustaqillik g'oyasini ifodalashi |
10 |
Jami: 100 ball
6. Hakamlar hay'ati
Hakamlar hay'ati tarkibi:
- madaniyat boshqarmasi vakillari;
- taniqli san'atkorlar;
- bastakorlar;
- rejissyorlar;
- vokal mutaxassislari.
Hakamlar hay'ati qarori yakuniy hisoblanadi.
7. Saralash natijalari
Eng yuqori ball to'plagan ishtirokchilar:
- Jizzax viloyatida o’tkaziladigan mustaqillik bayramining asosiy konsert dasturlariga jalb qilinadi;
- bosh sahna chiqishlarida ishtirok etadi;
- gala-konsert repertuariga kiritiladi.
8. Tashkiliy masalalar
- Kastingda ishtirok etish bepul.
- Transport va boshqa xarajatlar ishtirokchi tomonidan qoplanadi .
- Tashkilotchilar zarurat tug'ilganda repertuarga o'zgartirish kiritishni tavsiya etishi mumkin.