"Vazir kubogi" musobaqasida mini-futbol bo‘yicha II o‘rin, Basketbol bo‘yicha III o‘rin...
29 Jun, 2026 - 11:24
26
sport
⚡️ Joriy yilning 24-27-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol va basketbol turlari bo‘yicha “Madaniyat vaziri kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
✨Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida korporativ madaniyat va sportni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan "Vazir kubogi" musobaqasida jamoalar kuchlari ko‘p hollarda teng kelganligi sababli g‘oliblarni aniqlash penaltilar seriyasidan so‘ng aniqlandi.
Ushbu musobaqada Jizzax viloyati sharafini himoya qilgan Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi jamoasi sportning mini-futbol turi bo‘yicha faxrli II o‘rini hamda Basketbol bo‘yicha faxrli III o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa so‘ngida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.