Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari
02 Jun, 2026 - 08:50
11
Tadbir
2026-yil 1-iyun kuni Jizzax viloyati Forish tumani 30-son madaniyat markazida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekistonning baxtiyor bolalari!" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida Forish tuman hokiming o'rinbosari E.Ummatova so'zga chiqib bolajonlarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda "Kichkintoy" xalq havaskorlik qo'g'irchoq teatri tomonidan "Zukko quyoncha" nomli teatr tomoshasi shuningdek, "Mult disney" qahramonlari, "Lazgi" bolalar raqs jamoasi hamda 1-son DMTT tarbiyalanuvchilarining bayram dasturlari namoyish etildi.
Tadbir davomida bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirokida qiziqarli o'yinlar ham tashkil etildi.