“Rahbar va yoshlar” uchrashuv

14 May, 2026 - 10:00
21
“Rahbar va yoshlar” uchrashuv

Uchrashuv

Payshanba yoshlar kuni...

Bugun, 14-may kuni Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Igamkulov Muhammadjon Mamasaidovich Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida ijodkor o‘quvchi yoshlar va yosh o‘qituvchilar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

 “Rahbar va yoshlar” uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar o‘z muammolari, orzu-intilishlari va ijodiy g‘oyalari haqida fikr bildirishdi. Rahbar esa ularning takliflarini tinglab, yechimlar yuzasidan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida madaniyat boshqarmasi boshlig‘i va yoshlar birgalikda Amir Temur filmini tomosha qilishdi. Bu jarayon yoshlar uchun nafaqat tarixiy saboq, balki milliy g‘urur va ma’naviy tarbiya manbai bo‘ldi.

Uchrashuv ijodkor yoshlar va o‘qituvchilar uchun ilhom manbai bo‘lib, ularning kelajakdagi faoliyatida yangi g‘oyalar va motivatsiya berdi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash