“Madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani  bо‘lib о‘tdi.

06 May, 2026 - 16:50
75
“Madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani  bо‘lib о‘tdi.

Matbuot anjumani

2026-yilning 6-may kuni Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi binosida viloyat madaniyat boshqarmasi tizimidagi tashkilotlar faoliyati yuzasidan “Madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani  bо‘lib о‘tdi.

Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi tomonidan о‘tkazilgan matbuot anjumanda sohada 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, sohaga oid Prezident qarorlari ijrosi hamda qaror loyihalarga soha vakillarining munosabati, shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida sо‘z bordi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari, viloyat madaniyat boshqarmasi mas’ullari ishtirok etishdi.

Anjumanda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi “Madaniyat va san’at sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-150-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalarga qaratildi.

Shuningdek, sohada 2026-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlarga qisqacha to’xtalib o’tildi.

Xususan, joriy yilning 1-7 may kunlari Surxondaryo viloyatida о‘tkazilayotgan nufuzli “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida “Milliy о‘yinlar va tomosha san’ati” yо‘nalishida Forish tumanining — “Bog‘don” folklor-etnografik xalq ansambli faxrli 1-о‘rinni qо‘lga kiritganligi alohida ta’kidlandi.

Bu borada, Joriy yilning 1-choragi davomida yosh iste’dodlarining 158 nafari xalqaro, 3 nafari respublika kо‘rik-tanlov va festivallarda ishtirok etib, 10 nafari gran-pri, 32 nafari 1-о‘rin, 54 nafari 2-о‘rin, 65 nafari 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.

Shuningdek, tizimdagi tashkilot va muassasalar tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida jami 620 ta teatr tomoshalari, konsert dasturlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, tashkil etildi. Ushbu tadbirlarga 330 ming nafardan ortiq aholi qamrab olindi.

Qо‘shni davlatlar bilan ham madaniy aloqalar jadal rivojlanib bormoqda. Jumladan:

Joriy yilning 28-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasining A.Jaynakov nomidagi musiqali drama teatri hamda Jizzax viloyat musiqali drama teatri о‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari, “Yashil makon” loyihasi doirasida madaniyat muassasalarida bо‘sh turgan yerlarga 10 ming tupdan ortiq  mevali va manzarali daraxt kо‘chatlari ekildi.

“Tashabbusli byudjet”ning 2026-yil 1-mavsumida Arnasoy tumani
5-son bolalar musiqa va san’at maktabi ishtirok etib,   “Maktab binosini ichki ta’mirlash, binoning tom qismini yangilash” ishlari uchun 
300 mln.sо‘mlik loyiha g‘olibiga aylandi.

Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda bolalar musiqa va san’at maktablarida “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist”lar, teatr aktyorlari, sozandalar, rassomlar, tajribali pedagoglar hamda el ardog‘idagi ustoz san’atkorlar ishtirokida 25 ta  “Mahorat darsi” hamda “Ijodiy uchrashuv”lar tashkil etildi.

Shuningdek, Reja asosida 21 nafar pedagoglarning о‘z yо‘nalishlari bо‘yicha malakasi oshirilgan bо‘lsa, 6 nafar rahbar xodimlar raqamlashtirish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari bо‘yicha о‘qitildi deydi – viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig’i M.Igamkulov o’z ma’ruzasida.

Matbuot anjumani davomida sohada kelgusida amalga oshiriladigan ishlar ham muhokama qilinib, yil yakuniga qadar 10 dan ziyod loyihalar amalga oshirilishi, jumladan:

Viloyat musiqali drama teatrining 3 ta (Turkiya, Dog‘iston va Qozog‘iston Respublikasi) davlatlarga gastrol safarlari;

Armanistonning “Teatralniy lori” xalqaro festivalida Jizzax viloyati qо‘g‘irchoq teatri ishtiroki;

Jizzax shahar “Yoshlar shaharchasi”da aholi va yoshlar uchun “Shanba oqshomlari” konsert dasturi;

Madaniyat markazlari faoliyatini takomillashtirish hamda xalq havaskorlik jamoalari faoliyatiga oid Respublika amaliy seminari;

Havaskorlik jamoalari faoliyatini yanada takomillashtirish, havaskorlarni qо‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida jonli ijrodagi “Ijod karvoni” tanlovi;

"Jizzax somsasi" va boshqa milliy taomlar tayyorlash jarayonini folklor jamoalari chiqishlari bilan uyg‘unlashtirgan "Madaniy oshxona" shoulari;

Bolalar musiqa va san’at maktablari о‘quvchilari о‘rtasida Muhiddin Qori Yoqubov nomidagi respublika tanlovi;

 Jizzax viloyatida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi;

 “Yulduz bilan sayohat” kabi loyihalar tashkil etish rejalashtirilganligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shundan so'ng, ommaviy axborot vositalari jurnalist va blogerlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar oldilar. 

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash