“Dekorativ kompozitsiya – Makrame” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.

05 May, 2026 - 08:53
22
“Dekorativ kompozitsiya – Makrame” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.

ochiq dars

Jizzax shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida tasviriy san’at yo’nalishi 3-sinf o’quvchilari ishtirokida “Dekorativ kompozitsiya – Makrame” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.

Dars davomida o’quvchilar makrame san’ati bilan yaqindan tanishib, iplarni turli usullarda bog’lash orqali chiroyli bezaklar yaratishni o’rgandilar. Ushbu mashg’ulot nafaqat ijodiy tafakkurni rivojlantirdi, balki sabr-toqat, diqqat va estetik didni shakllantirishga ham xizmat qildi.

Ochiq dars o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi va ularning ijodiy ishlari maktab jamoasi tomonidan e’tirof etildi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash