“BOG‘DON” FOLKLOR JAMOASI XALQARO FESTIVAL G‘OLIBI!

04 May, 2026 - 09:38
24
“BOG‘DON” FOLKLOR JAMOASI XALQARO FESTIVAL G‘OLIBI!

festival

Xushxabar: 

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan nufuzli “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida “Milliy o‘yinlar va tomosha san’ati” yo‘nalishida Jizzax viloyati, Forish tumanining — “Bog‘don” folklor-etnografik jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

O‘zbek milliy san’ati, unutilmas qadriyatlarimiz va diltortar xalq og‘zaki ijodini yuksak mahorat bilan namoyish etgan jamoamiz xalqaro hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlar mehrini qozondi.

Ushbu muvaffaqiyat — madaniyatimizga bo‘lgan e’tibor va tinimsiz mehnatning samarasi. Jamoa a’zolarini, badiiy rahbarlarni va barcha san’atsevar hamshaharlarimizni ushbu yirik g‘alaba bilan muborakbod etamiz!

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash