Sahna orqali mustahkamlanayotgan do‘stlik!
29 Apr, 2026 - 08:55
23
ijodiy_hamkorlik
Qirg‘iziston Respublikasining A.Jaynakov nomidagi musiqali drama teatri ijodiy jamoasi Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Teatr jamoasi tantanali kutib olindi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad Qirg‘iziston Respublikasining Batken shahrida joylashgan A.Jaynakov nomidagi musiqali drama teatri hamda Jizzax viloyat musiqali drama teatri o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolashdan iborat bo‘ldi.
Ushbu kelishuv san’at va madaniyat sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy tajriba va mahorat almashish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.