“Zarb–2026” Respublika doirachilar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
28 Apr, 2026 - 08:55
33
Tanov
Joriy yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Zarb–2026” Respublika doirachilar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tanlovda yurtimizning turli hududlaridan jami 50 dan ortiq ishtirokchilar Usta Olim Komilov ijodiga mansub “Qo‘sh qars” asarining 2-qismi hamda erkin ijro dasturi bo’yicha o’z iste’dodlarini namoyish etadilar.
G’olib va sovrindorlar O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti hamda O'zbekiston doirachilari jamoat birlashmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Madaniyat vazirining maslahatchisi Jamshidbek Niyazbekov, institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shohbek Ergashev hamda O'zbekiston doirachilari jamoat birlashmasidan Elmurod Islomovlar so’zga chiqib, g’oliblarni muborakbod etdi hamda ushbu tanlov nafaqat mahorat sinovi, balki o‘zbek milliy doira ijrochiligi maktabining an’analarini asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazishda muhim ko‘prik bo‘lganini ta’kidladilar.
Tanlov yakuniga ko'ra:
Gran pri - Xolmatov Asadbek (O'zDK, Toshkent) – diplom, medal hamda katta dyumli SMART televizor.
I o'rin - Omonkeldiyev San’atbek (Xorazm) – diplom, Medal, pul mukofoti hamda televizor;
Ahmadaliyev Muxriddin (Farg'ona, Bag'dod) – diplom, medal, pul mukofoti hamda televizor
II o'rin - Mahmud Erpan (Xitoy) – diplom, medal, pul mukofoti;
Ochilov Farxod (Xorazm) – diplom, medal, pul mukofoti;
Mukumov Mamadali (Jizzax) – diplom, medal, pul mukofoti;
III o'rin - Komilov Moxir (Toshkent) – diplom, medal, pul mukofoti;
Ergashev Abdurahmon (Farg‘ona, Qo'qon) – diplom, medal, pul mukofoti ;
Toshxo'jayev Akbarshox (O'zDSMI, Toshkent ) – diplom, medal, pul mukofoti;
Abdulxayev Og‘abek (Farg‘ona) – diplom, medal, pul mukofoti.
Taniqli xonandalarning diltortar qo‘shiqlari hamda doira ijrochilarining betakror ijrolari tadbirga yanada fayz baxsh etdi.