"Orolim ovozi-2026" Respublika an’anaviy oflayn musiqa va san’at ko‘rik-tanlovi qizg‘in pallaga kirdi.
27 Apr, 2026 - 17:35
29
Tanov
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda "Zamin ProfArt" ijodiy tanlovlar tashkiloti rahbari Eshamatova Xulkar Abdumo‘minovna tashabbusi bilan joriy yilning 25-aprel kuni start olgan "Orolim ovozi-2026" Respublika an’anaviy oflayn musiqa va san’at ko‘rik-tanlovi qizg‘in pallaga kirdi.
Tanlovda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yosh iqtidor egalari o‘zaro bellashmoqda:
👑 Xoreografiya (raqs)
🎨 Tasviriy va amaliy san’at
🎭 Teatr aktyorligi
🪕 Cholg‘u ijrochiligi
🎹 Estrada cholg‘u ijrochiligi
🎤 Vokal (an’anaviy va estrada)
🌍 Tanlovda yurtimizning turli hududlaridan, jumladan Jizzax viloyatidan ham yosh iqtidor egalari faol qatnashmoqda!
💫 Tanlov yuqori kayfiyatda, jo‘shqin ruhda davom etmoqda! Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov joriy yilning 30-aprel kuniga qadar davom etadi.