Mini-futbol bo'yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
25 Apr, 2026 - 16:50
76
sport
2026-yil 25-aprel kuni mini-futbol bo‘yicha “Madaniyat vaziri kubogi” an’anaviy musobaqasiga ishtirokchilarni saralab olish maqsadida “Boshqarma boshlig‘i kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi tizimidagi Viloyat tashkilotlari, Shahar, tumanlar madaniyat bo‘limlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablaridan jami 20 ta tashkilot va muassasa jamoalari faol ishtirok etdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi jamoasi III-o‘rin, Arnasoy tumani 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi II va Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi jamoasi faxrli I o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Igamkulov Muhammadjon Mamasaidovich ishtirok etib, g‘oliblarni tabrikladi hamda I, II, III o‘rin sohiblariga diplom, qimmatbaho sovg‘alar va maxsus kubokni topshirdi.
Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasi bo‘yicha Forish tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi a’zosi Hurzod Alibekov, “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasi bo‘yicha Arnasoy tumani 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi a’zosi Bunyod Turdialiyevlar ham munosib taqdirlandilar.
Ma’lumot o‘rnida: Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son, “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 2-maydagi 219-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan tashkil etildi.