"Buyuk qahramonlarimiz xotirasi abadiy barhayotdir" shiori ostida mini futbol musobaqasi bo’lib o’tdi.
20 Apr, 2026 - 09:10
27
sport
⚡️Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan "Buyuk qahramonlarimiz xotirasi abadiy barhayotdir" shiori ostida o‘quvchi yoshlari o‘rtasida sportning mini futbol turidan musobaqa o‘tkazildi.
⚽️Mazkur futbol musobaqa yuqori kayfiyatda, sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi. O‘quvchilar o‘z jamoalari bilan g‘alaba uchun kurashar ekan, o‘zaro hurmat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan mehrini namoyon etdilar. Bellashuvlarda har bir guruh g‘alabaga loyiq o‘yin namoyish etdi, tomoshabinlar esa har bir gol va harakatni qizg‘in olqishlar bilan kuzatib borishdi.
🔰Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇I-o‘rinni 112-guruh jamoasi,
🥈II-o‘rinni 103-guruh jamoasi,
🥉III-o‘rinni 113-guruh jamoasi,
🏆G‘olib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.