15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni

16 Apr, 2026 - 10:00
5
15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni

Tadbir

15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni
  

Jizzax viloyatida ushbu sana munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida:

Nafaqa yoshiga yetgan rahbar xodimlar hurmat bilan taqdirlanib, zar choponlar kiydirildi va samimiy xayrlashuv marosimi o‘tkazildi.

Madaniyat va san’at sohasida ko‘p yillik fidokorona mehnat qilgan bir guruh xodimlar viloyat hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida san’atkorlar tomonidan rang-barang konsert dasturi namoyish etilib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashildi.

Bu bayram – san’at va madaniyat fidoyilarini qadrlash, ularning mehnatini e’tirof etish, yosh avlodni san’atga mehr uyg‘otish uchun muhim voqea bo‘ldi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash