Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi
08 Apr, 2026 - 09:25
10
Tadbir
2026-yil 7-aprel kuni Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida 2-aprel "Xalqaro bolalar kitobi kuni" munosabati bilan "Kitobxonlik haftaligi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, falsafa fanlari doktori N.T. Allamuratova, Jizzax davlat Pedagogika universiteti dotsenti H.A. Ne’matova shuningdek, Jizzax ixtisoslashtirilgan San’at maktabi, "Nurli maskan" maktab internati, Sh. Rashidov nomli 10-maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida kitobning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni, yosh avlodni kitobxonlikka jalb etishning ahamiyati, milliy va jahon adabiyotining bebaho durdonalari haqida fikrlar bildirildi.
"Kitobxonlik haftaligi" yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, o‘qish madaniyatini keng targ‘ib qilish va ma’naviy dunyoqarashni boyitishga xizmat qilmoqda.