YOSHLAR YUTUG‘I — YURT IFTIXORI!
06 Apr, 2026 - 09:30
31
Tanov
Xabaringiz bor, joriy yilning 1–4-aprel kunlari Toshkent shahrida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forum doirasida buyuk sarkarda Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan Respublika qo‘shiqlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda Jizzax viloyati Yangiobod tumanidan iqtidorli yosh ijodkor — G‘aybullayev Jasurbek Xasanboy o‘g‘li munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda I-darajali diplom va 10 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ushbu yutuq yoshlarimizning san’atga bo‘lgan yuksak qiziqishi, iste’dodi va intilishining yorqin ifodasidir.
G‘olibimizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!.