Igamkulov Muhammadjon Mamasaidovichning navbatdagi onlayn qabulida ishtirok eting.
03 Apr, 2026 - 09:05
16
onlayn_qabul
📣 Diqqat, diqqat!
Hurmatli yurtdoshlar! Sizda Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘iga sohaga oid murojaatingiz bormi? Unda, siz uchun ajoyib imkoniyat. Endi uyingizdan chiqmagan holda onlayn muloqot orqali o'z murojaatingizga yechim olishingiz mumkin.
Uning uchun siz 2026-yil 17-aprel kuni soat 15:00 da Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Igamkulov Muhammadjon Mamasaidovichning navbatdagi onlayn qabulida ishtirok eting.
Onlayn qabulda ishtirok etish istagida bo‘lganlar ushbu HAVOLA (https://t.me/jizzax_madaniyat) orqali telegram kanalda tashkil etiladigan “Videochat”ga ulanishlari hamda “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatlari borligini ma’lum qilishlari lozim.
❗️ Boshqarma boshlig‘ining onlayn qabuli davomida faqatgina sohaga oid murojaatlar qabul qilinadi, shaxsiy hayot va ijodiy faoliyat yuzasidan murojaatlar qabul qilinmaydi.