“Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumiga start berildi

01 Apr, 2026 - 18:00
26
“Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumiga start berildi

forum

Bugun “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumiga start berildi

Ilk bor o'tkazilayotgan “Yoshlik bahori” forumi 600 nafardan ortiq iqtidorli ijodkor yoshlarni bir nuqtada birlashtirdi.
Ushbu forum doirasida yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan bir qator tadbirlar o‘tkaziladi, jumladan:
 
● Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi;

● “Xush kayfiyat” respublika yosh askiya va qiziqchilar koʻrik- tanlovi; 

● “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari festivali; 

● “Folk party” folklor jamoalari respublika festivali;

● “Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi;

● yosh teatr rejissorlari va aktyorlarining seminar-treningi;

● yoshlar oʻrtasida samimiy doʻstona muhit yaratish, ularning muammolariga yechim topish, takliflarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, ochiq muloqot uchrashuvlari;

● “Yosh ommaviy bayramlar rejissorlarining mahoratini oshirish 
va ularning faoliyatiga ko‘maklashish”mavzusidagi seminar-trening; 

● forum yoʻnalishlari doirasida koʻp yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan amaliy mashgʻulotlar va mahorat darslari; 

● taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar;

● “Yangi Oʻzbekistonda ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning 
ijtimoiy-madaniy omillari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman;

● “Sumalak sayli”;

● yakuniy gala-konsert va taqdirlash marosimikabi tadbirlar rejalashtirilgan.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash