Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi xodimlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi

27 Mar, 2026 - 11:00
18
Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi xodimlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi

Ichki turizm

 Kuni kecha Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi xodimlari “Ichki turizm” loyihasi doirasida Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

Sayohat davomida xodimlar:

- keng ko‘lamli ko‘rgazma maydonlari va Renessans davri zallarini tomosha qildilar,

- turli tarixiy davrlarda yaratilgan Qur’oni Karimning 114 ta qo‘lyozma nusxasidan iborat noyob to‘plamni ko‘rishdi,

- VII asrga mansub Usmon Qur’oni — dunyoda saqlanib qolgan eng qadimiy muqaddas kitob nusxalaridan birini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldilar.

Shuningdek, markazdagi zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida yaratilgan “jonli portretlar” orqali buyuk islom olimlari va mutafakkirlari bilan virtual muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu tashrif nafaqat tarixiy merosimizni chuqurroq anglash, balki zamonaviy texnologiyalar orqali uni yangi avlodga yaqinlashtirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash