Xiva shahrida “Xiva art fest 2026” xalqaro ko‘rik- tanlovi bo‘lib o‘tmoqda
24 Mar, 2026 - 09:40
17
#Tanlov
🎶Joriy yilning 23-24-25 -mart kunlari Xiva shahrida “Xiva art fest 2026” xalqaro ko‘rik- tanlovi bo‘lib o‘tishi belgilangan.
🎉Mazkur tanlovda Jizzax shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi “Xor sinfi” solisti Malika To‘ratova munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🙍♀️O‘qituvchi: Xurshida Nortoyeva
Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov Xalqaro va Respublika miqyosida iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, milliy va zamonaviy san’at turlarini rivojlantirish, xalqaro musiqiy merosni o‘rganish va keng targ‘ib etishga ko‘maklashish maqsadida har yili bir marta an’anaviy (oflayn) tarzda o‘tkaziladi.