Jizzaxda Navro‘z sayillari keng nishonlanmoqda
21 Mar, 2026 - 11:00
17
Bayram
Jizzax shahri markazi "Yoshlar shaharchasi"da Navroʻz tantanalari boshlandi!
Bugun, 21-mart – Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Jizzax shahridagi "Yoshlar shaharchasi" hududida asosiy bayram tantanalari oʻtkazilishi belgilangan.
Ushbu tantanalarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida erta tongdan hududda qizgʻin tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Ayni daqiqalarda soʻnggi bezatish ishlari yakunlanib, maydon bayramona qiyofa kasb etmoqda.
Hududda milliy o‘tovlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va bahoriy taomlar namoyishi tashkil etildi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev bayram sayli bilan tanishib, barchani bayram bilan tabrikladi.
Bayram dasturlari doirasida konsertlar, milliy sport o‘yinlari va xalq sayillari o‘tkazilmoqda.