Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining yosh o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

19 Mar, 2026 - 11:00
17
Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining yosh o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv

 Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Igamkulov Muhammadjon Mamasaidovich Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining yosh o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, yosh pedagoglarning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va san’at maktabining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida fikr almashildi.

Muhammadjon Mamasaidovich yosh o‘qituvchilarning tashabbuskorligi, yangicha g‘oyalari va san’atga bo‘lgan mehrini alohida e’tirof etib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

🌱 Tadbir samimiy muloqot ruhida o‘tdi va yosh pedagoglar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash