“Bahor taronalari” an’anaviy viloyat kо‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

04 Mar, 2026 - 09:19
102
“Bahor taronalari” an’anaviy viloyat kо‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Ko'rik-tanlov

Xabaringiz bor, joriy yilning 23-27 – fevral kunlari “Bahor taronalari” an’anaviy viloyat kо‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.  

Tanlovning viloyat bosqichida barcha shahar, tumanlaridan 13 ta jamoalar 6 ta yo‘nalish ("Navro‘z va bahorni madh etuvchi eng yaxshi qo‘shiq", "Eng yaxshi estrada ijrochiligi", "Eng yaxshi o‘lan ijrochiligi", “Eng yaxshi raqs jamoasi”, "Eng yaxshi baxshi ijrochiligi", "Eng yaxshi folklor jamoasi") bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan munosib baholab borildi.

“Navrо‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik kо‘rish va uni yuqori saviyada о‘tkazishni tashkillashtirish, shuningdek, viloyatdagi badiiy havaskorlik jamoalari va estrada xonandalarini moddiy-ma’naviy qо‘llab-quvvatlash maqsadida har yili “Bahor taronalari” an’anaviy viloyat kо‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda deydi – viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vohid Egamov.

Mazkur tanlov ikki bosqichda 1-bosqich shahar, uman bosqichlari, 2-bosqich viloyat bosqichi asosida o‘tkaziladi. Yurtdoshlarimiz qalbidagi vatanparvarlik hissini yanada kuchaytirish, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, viloyatdagi mavjud zamonaviy madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor yoshlar va folklor jamoalarini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, avloddan-avlodga о‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqimizning nomoddiy madaniy merosi bо‘lgan folklor san’atini rivojlantirish va targ‘ib qilish, yoshlarimizni milliy, ma’naviy qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Jizzax viloyatning shahar va tumanlarida viloyat hokimligi, viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, “Jizzax haqiqati”, “Djizakskaya pravda” gazetalari hamda barcha shahar va tumanlar madaniyat bо‘limlari hamkorligida o‘tkazib kelinmoqda.

Shuningdek, kо‘rik-tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bо‘lgan jamoalar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etib, soha mutaxassislaridan iborat hay’at a’zolari tomonidan munosib baholanganliklari, kо‘rik-tanlov jarayonida folklor jamoalarni tanlovning mazmun mohiyatini chuqur anglagan holda tayyorlagan dasturlarini qoniqarli ijro qilinganliklari, tanlov Nizomi asosida jamoalar tanlovga talab darajasida tayyorgarlik kо‘rganliklari, hakamlar xay’ati a’zolari tomonidan takidlab о‘tildi.

Jamoalar faoliyatidagi ijodiy о‘sish va yо‘l qо‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, hakamlar hay’ati a’zolari xulosasiga ko‘ra

Oliy о‘rin Zarbdor tumani jamoasi;

I-о‘rin Forish tumani jamoasi;

II-о‘rin Mirzacho‘l tumani jamoasi;

III-о‘rin Baxmal tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, kо‘rik-tanlovda yuqori darajadagi ijro mahorati va faol ishtiroki uchun  nominatsiyalar bо‘yicha quyidagilar g‘olib deb topildi:

1.“Navrо‘z, bahorni madh etuvchi qо‘shiq” nominatsiya bо‘yicha Jizzax shahar 1-son madaniyat markazi qoshidagi “Sangzor” estrada xalq havaskorlik jamoasi;

2.“Eng yaxshi folklor-etnografik jamoasi” nominatsiya bо‘yicha G‘allaorol tuman 33-son madaniyat markazi qoshidagi “Gashtak” folklor etnografik xalq havaskorlik jamoasi;

Arnasoy tuman 4-son madaniyat markazi qoshidagi “Bahor” folklor etnografik xalq havaskorlik jamoasi;

Sh.Rashidov tuman 11-son madaniyat markazi qoshidagi “Bahor” folklor etnografik xalq havaskorlik jamoasi;

3.“Eng yaxshi о‘lan ijrochisi” nominatsiya bо‘yicha Zomin tuman 20-son madaniyat markazi ishtirokchilari Qaxramon Egamberdiyev va Umirzoqova Nazokat;

4.“Eng yaxshi baxshi ijrochiligi” nominatsiya bо‘yicha Paxtakor tuman 24-son madaniyat markazi xodimi Shukurov Abdunosir;

5.“Bahor mavzusiga bag‘ishlangan eng yaxshi raqs jamoasi” nominatsiya bо‘yicha Do‘stlik tuman 8-son madaniyat markazi qoshidagi “Do‘stlik chamani” ashula va raqs xalq ansambli raqs jamoasi;

6.“Eng yaxshi estrada ijrochisi” nominatsiya bо‘yicha Yangiobod tuman 37-son madaniyat markazi xodimi G‘aybullayev Doston;

Zafarobod tuman 14-son madaniyat markazi xodimi Menglieva Marjona.

Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari joriy yilning 15-aprel “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali tadbirda munosib taqdirlanadi.

Shuningdek, Toshkent shahrida о‘tkaziladigan “Navrо‘z” umumxalq respublika bayramida hamda Madaniyat vazirning buyrug‘iga asosan respublikada о‘tkaziladigan Respublika hamda Xalqaro festival va kо‘rik tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etiladi.

 

Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash