“Sozim sadosi” an’anaviy viloyat ijodiy tanloviga start berildi.

25 Feb, 2026 - 12:00
26
“Sozim sadosi” an’anaviy viloyat ijodiy tanloviga start berildi.

Tanov

Bugun, 25-fevral kuni Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Sozim sadosi” an’anaviy viloyat ijodiy tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Igamkulov, tuman hokimi Asilbek Ashurov, Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san'ati instituti rektori Eldor Shermanovlar ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Ushbu tanlov, o‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish, o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishni oshirish, ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, o‘zbek musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko‘tarish, milliy san’atimizni dunyo sahnalariga olib chiqish hamda iqtidorli yoshlarni kashf etish va ular ijodini munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda - deydi Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i M. Igamkulov.
 
Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov II bosqichda hududiy shahar, tuman bosqichlari hamda  viloyat bosqichi tarzda o‘tkaziladi.
Tanlovda 17 yoshdan kichik bo‘lgan o‘quvchilar quyidagi yo‘nalishlar bo’yicha ishtirok etadilar.
 
a) Cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi:
-  Xalq cholg‘ulari ijrochiligi;
-  An’anaviy cholg‘u ijrochiligi;
-  Estrada cholg‘u ijrochiligi;
-  Damli va zarbli cholg‘u ijrochiligi;
     -  Fortepiano;
                 - Torli cholg`ular.
b) Vokal ijrochiligi:
-  Akademik vokal ijrochiligi;
-  An’anaviy xonandalik;
-  Baxshichilik;
-  Estrada vokal ijrochiligi;
 
Tanlov jarayonlari Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasining rasmiy veb sayti hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali yoritib boriladi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash