“YURAKDAGI ZARBLAR" nomli hisobot konserti

18 Feb, 2026 - 09:45
48
“YURAKDAGI ZARBLAR" nomli hisobot konserti

konsert

️O'zbekiston doirachilar jamoat birlashmasi, Jizzax viloyat Madaniyat boshqarmasi, Jizzax ixtisoslashtirilgan sanat maktabi hamkorligida "BOBURXON" doirachilar ansamblining “YURAKDAGI ZARBLAR" nomli hisobot konserti tashkil etildi.

2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili munosabati bilan tashkil etilgan mazkur konsert dasturi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturini Jizzax viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i M.Egamqulov hamda maktab direktori F.Maxmudovalar ochib berdi.

️Ushbu konsert dasturini  o‘tkazishdan asosiy maqsadi Doira san'atini rivojlantirish va ustozlar ijro yo‘llarini buzmagan holda  omma o‘rtasida targ‘ib qilishdan iborat – deydi boshqarma boshlig‘I Muhammadjon Igamkulov.

Eslatib o‘tamiz, "BOBURXON" doirachilar ansambli 1998-yilda sobiq Jizzax davlat san’at bilim yurti, hozirgi Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi qoshida tashkil etilgan.

Ushbu badiiy jamoa о‘z atrofiga 100 dan ziyod iste’dodli yoshlarni birlashtirgan. Ansambl jamoasi Xalqaro, Respublika, viloyat va Jizzax shahrida bо‘lib о‘tadigan kо‘rik-tanlov va ommaviy bayram tadbirlarida о‘z dasturlari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

Shu bilan birgalikda “Boburxon” doirachilar ansambli Jizzax musiqali drama teatrida har ikki yilda bо‘lib о‘tadigan, jumladan; 2015-yil “Doira sadolari”, 2016-yil “Zarb ohanglari”, 2018-yil “Ustozlar izidan”, 2020-yil “Zarb zavqi”, 2023-yil “Yangra doiram” nomli xayriya konsertlarini tashkil etib kelmoqda.

Shuningdek, ansamblning iste’dodli a’zolari tomonidan erishilib kelinayotgan yutuqlar ham tahsinga loyiq. Jumladan, 2007-yil “Yosh ijrochilar” Respublika kо‘rik-tanlovida Ma’ruf Safarov  1-о‘rin, 2013-yil Diyor Tirkashev 2-о‘rin, 2025-yil Mamadali Muqimov faxrli 1-о‘rinni qo‘lga kiritgan.

“Zarb-2015” Respublika kо‘rik-tanlovi yakka ijroda Sherzod Ergashev va Diyorlar Tirkashev faxrli 1-va 2-о‘rin, 2016-yil 1-Respublika doirachilar festivalida Bekzod Oripov 1-о‘rin, “Zarb-2017” kо‘rik-tanlovida Sherzod Ergashev 1-о‘rin, “Zarb-2019” kо‘rik-tanlovida Islom Qudratov faxrli 2-о‘rinni egallagan.

2022-yil “Farg‘ona-Toshkent maqom yо‘llari” Respublika kо‘rik-tanlovida Asror Abdusalomov 3-о‘rin egallagan. 2024-yil “Yangi О‘zbekiston iste’dodlari” Respublika kо‘rik-tanlovida Sherzod Ergashev 1-о‘rinni egallagan. 2024-yil “Sharq gavhari” hamda “Marhabo talantlar” Respublika kо‘rik-tanlovida Mamadali Muqimov faxrli 1-о‘rin bilan taqdirlandi. 2025-yil “WORLD TALENTS” nomli xalqaro kо‘rik-tanlovida Mamadali Muqimov faxrli 1-о‘rinni qo’lga kiritgan.

 Sо‘nggi yillarda jamoaning ijodiy ishlari Respublikamizning “Navo”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “О‘zbekiston-24” telekanallari va viloyat televideniyasining “Tashrif”, “Navozanda”, “Xonish”, “Oltin meros” va “Sayqal” kо‘rsatuvlarida hamda maqolalari Respublika va viloyat rо‘znomalarida yoritilib kelinmoqda.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash