“Jahon yoshlar san’ati” ko‘rik-tanlovida Albina Mamina 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

02 Feb, 2026 - 10:20
27
“Jahon yoshlar san’ati” ko‘rik-tanlovida Albina Mamina 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

tadbir

Yosh iste’dodning yutug‘i...

2026-yil 31-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon yoshlar san’ati” ko‘rik-tanlovida Jizzax shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano yo‘nalishi 3-sinf o‘quvchisi Albina Mamina faol ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O'qituvchi: Lang Elena

Albina o‘zining mahorati, musiqaga bo‘lgan mehr-muhabbati va sahnadagi ishonchli chiqishi bilan hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlar qalbidan joy oldi.

📌 Ushbu yutuq nafaqat yosh pianinochining shaxsiy muvaffaqiyati, balki Jizzax san’at maktabi jamoasining mehnati va ustozlar fidoyiligining yorqin samarasidir.

👏 Albina Maminani chin dildan tabriklaymiz! Uning kelajakdagi ijodiy yo‘li yanada porloq bo‘lishiga ishonamiz.
 

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash