Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

02 Feb, 2026 - 10:05
21
Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

tadbir

Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida Jizzax shahar IIB JXX XPB voyaga yetmaganlar masalalari  bo‘yicha inspektor, psixolog, katta  leytenant F.Kuvandikov maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari L.Xo‘jakulov hamda sinf rahbarlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda asosiy masala muntazam dars qoldirib kelayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaratildi.

🔹Shuningdek, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya faoliyati;  

🔹voyaga etmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti — harakat qilishlarining oldini olish, bularga imkon tug’diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

🔹voyaga etmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash