Diqqat, diqqat! OLAYN QABUL

27 Jan, 2026 - 10:00
26
Diqqat, diqqat! OLAYN QABUL

onlayn_qabul

Diqqat, diqqat!

Hurmatli yurtdoshlar! Sizda Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘iga sohaga oid murojaatingiz bormi? Unda, siz uchun ajoyib imkoniyat. Endi uyingizdan chiqmagan holda onlayn muloqot orqali o'z murojaatingizga yechim olishingiz mumkin. 

Uning uchun siz 2026-yil 30-yanvar kuni soat 14:00 da Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Igamkulov Muhammadjon Mamasaidovichning  navbatdagi onlayn qabulida ishtirok eting.

Onlayn qabulda ishtirok etish istagida bo‘lganlar ushbu HAVOLA (https://t.me/jizzax_madaniyat) orqali telegram kanalda tashkil etiladigan “Videochat”ga ulanishlari hamda “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatlari borligini ma’lum qilishlari lozim.

Boshqarma boshlig‘ining onlayn qabuli davomida faqatgina sohaga oid murojaatlar qabul qilinadi, shaxsiy hayot va ijodiy faoliyat yuzasidan murojaatlar qabul qilinmaydi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash