Mahorat darsi – milliy usullar sirlarini o‘rganish!

30 Jan, 2026 - 10:00
17
Mahorat darsi – milliy usullar sirlarini o‘rganish!

Mahorat_darsi

2026-yil 29-yanvar kuni Jizzax shahar 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi "An’anaviy ijrochilik" bo‘limi “Doira” sinfi o‘qituvchilari — Bobur Bahodirov va Atxam Ochilovlar ishtirokida navbatdagi “Mahorat darsi” bo‘lib o‘tdi.

Dars davomida mutaxassislar tomonidan “O‘zbek xalq usullari hamda qochirimlar ustida ishlash” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. 

O‘quvchilar milliy doira ijrochiligining nozik jihatlari, usul va qochirimlarning ijrodagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu mahorat darsi o‘quvchilarda milliy musiqa merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ijrochilik mahoratini mustahkamlashga xizmat qildi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash