Abduhoshim Ismoilovning Jizzax viloyatidagi ijodiy tashrifi davom etmoqda

21 Jan, 2026 - 09:40
17
Abduhoshim Ismoilovning Jizzax viloyatidagi ijodiy tashrifi davom etmoqda

Ijodiy_tashrif

Abduhoshim Ismoilovning Jizzax viloyatidagi ijodiy tashrifi davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli badiiy rahbari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovning Jizzax viloyatiga ijodiy tashrif bilan bo'lib turibdi.

Bugun tashrifning ikkinchi kuni va ansambl uchun mahorat darslari bo'lib o'tdi. Mashg‘ulotlar davomida ansambl ijrochilari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, maqom asarlarining ijro uslubi, ohang va talqin masalalari muhokama qilindi. Abduhoshim Ismoilov tomonidan ansambl repertuarini boyitish va sayqallash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, maqom san’atining hududda yanada rivojlanishi va yosh ijrochilarning ijodiy salohiyatini oshirish maqsadida, yangi maqom asarlarini yaratish va repertuarni kengaytirish masalalari yuzasidan ijodiy muloqotlar olib borildi.

Ushbu tashrif Jizzaxlik ijrochilar uchun maqomning nozik ohanglari, talaffuz uslublari sirlarini chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Bu esa viloyat maqom san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.


📣  Maqom san'ati — milliy merosimiz. Uni asrash va rivojlantirish barchamizning burchimiz.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash