“Uzumchi” folklor etnografik xalq ansambli konserti

06 Dec, 2025 - 11:45
2
“Uzumchi” folklor etnografik xalq ansambli konserti

Tadbir

2025-yil 5-dekabr kuni Yangiobod tumani 37-son madaniyat markazi qoshidagi “Uzumchi” folklor etnografik xalq ansambli o‘zining IV chorak hisobot konsertini taqdim etdi.

Konsert davomida ansambl ijrochilari xalq qo‘shiqlari, milliy raqslar va boy madaniy merosimizdan namunalarni sahnaga olib chiqishdi. Tomoshabinlar hududning qadimiy an’analari, kuy va qo‘shiqlaridagi betakror ohanglardan bahramand bo‘lishdi.

Ushbu konsert nafaqat ijodiy hisobot, balki milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

 

Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash