Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida Abrorov G‘ayrat Shavkatovich ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
05 Dec, 2025 - 09:11
21
Mahorat_darsi
Joriy yilning 4-dekabr kuni Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi Cholg‘u ijrochiligi fakulteti, Orkestr dirijyorligi kafedrasi mudiri, dotsent Abrorov G‘ayrat Shavkatovich ishtirokida "Mahorat darsi" bo'lib o'tdi.
Mahorat darsi davomida o‘qituvchi G‘.Abrorov tomonidan F.Leyning “Sevgi tarixi” asari ustida ishlandi, asar yuzasidan nazariy hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi hamda barcha o‘qituvchi va o‘quvchilari mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, "Orkestr" fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni, Orkestr fani tarixi, uning san’atimizdagi o‘rni, san’atni yuksalishi va unga ta’sir etuvchi omillari kabi masalalarni ham qamrab olishi, fan bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar haqida tushunchalar berildi.
Mahorat darsi davomida o‘quvchilarining ijrodagi yutuq va kamchiliklari mutaxassis tomonidan amaliy ko‘rsatib berildi.