“OQTOSH" bolalar namunali folklor etnografik jamoasining IV chorak hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

04 Dec, 2025 - 08:50
3
“OQTOSH" bolalar namunali folklor etnografik jamoasining IV chorak hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

hisobot_konserti

Baxmal tumani Madaniyat markazi qoshidagi “OQTOSH" bolalar namunali folklor etnografik jamoasining IV chorak hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida jamoaning xalq og‘zaki ijodi namunalari, etnografik raqslar va sahna ko‘rinishlari bilan tomoshabinlarga yuksak ma’naviy zavq ulashdilar.

Jonli ijro va milliy ohanglarga boy chiqishlar hamda milliy qadriyatlarimizni ifodalovchi raqslar san’at ixlosmandlarining olqishiga sazovor bo‘ldi.

“Chiqishlarda milliy ruh va samimiyat sezildi, biz uchun chinakam bayram bo‘ldi,” — deydi yosh tomoshabinlardan biri Nazarbek Mustafoyev. “Yoshlarimizning sahnadagi ishtiroki kelajakka ishonch uyg‘otadi,” — deya qo‘shimcha qildi Madaniyat bo‘limi rahbari Shahnoza Xo‘jaqova.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, madaniy hayotimizni yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash