Jizzax shahar 2-son Bolalar musiqa va san'at maktabida ochiq dars bo'lib o'tdi...
28 Nov, 2025 - 10:37
9
ochiq dars
Kecha, 27-noyabr kuni “An’anaviy cholg‘ular va Xalq cholg‘ulari oyligi” doirasida dutor sinfi o‘qituvchisi D. Toshmatova tomonidan bir soatlik “Ochiq dars” bo‘lib o‘tdi.
Dars davomida o‘quvchilarga dutor cholg‘usining o‘ziga xos ijro uslublari, an’anaviy kuylarning ohangdorligi va milliy musiqamizning betakrorligi namoyish etildi.
Mazkur dars, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, milliy cholg‘ularimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati