Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida mahorat darsi...
28 Nov, 2025 - 10:30
7
ochiq dars
2025-yil 27-noyabr kuni viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida “Ovozli o‘qish” to‘garagi a’zolari ishtirokida “Kitobxonlar o‘qigan ertaklar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ertaklar ovozli tarzda o‘qilib, tinglovchilarga yangi taassurotlar ulashildi. Har bir ishtirokchi o‘z ovozi orqali ertak qahramonlarini jonlantirib, tinglovchilarni sehrli olamga olib kirdi.
Ushbu mahorat darsi nafaqat kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, balki ko‘zi ojiz kitobxonlarimizning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishiga ham xizmat qildi.
Kitob — qalbimizning yorug‘ligi, ertaklar esa tasavvurimizning qanotidir.
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati