"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.
14 Nov, 2025 - 16:50
9
Ochiq eshiklar kuni
🔰Avval xabar berganimizdek, 14-noyabr kuni viloyat madaniyat boshqarmasida 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan "Aksilkorrupsiya oyligi" munosabati bilan "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat madaniyat boshqarmasi rahbar xodimlari, yuriskonsult hamda soha tizimidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
🔹 Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi omil ekanligi haqida fikrlar bildirildi.
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va ma’naviy asoslari, halollik va poklikning inson hayotidagi o‘rni haqida bahs-munozaralar olib borildi.